Zakovat savoli #26753
U firoq bilan ayriliqda har qanday oshiqni ortda qoldiradi. Unda kuchaytiruv, ta'kid bor. Unga ta'rif beray desam "kuchli o'ntalik"ka kirmagan. Sizga uni topishda Tohir-u Zuhrolar, Layli-yu Majnunlar yordam berishi mumkin. U nima?
Javobni ko'rish
Chiziqcha(-) Izoh : Satrdan satrga ko'chirishda chiziqcha so'zni ikkiga bo'lib, ayirib tashlaydi. "Kuchli o'nlik" bu - o'nta tinish belgisi, bilasiz, chiziqcha tinish belgisi hisoblanmaydi. U yuklamalarda ishlatiladi va hakazo. Berilgan misollarda esa chiziqcha ishlatilgan.