Zakovat savoli #26712
Sirk eng qadimgi san’at turlaridan biridir. Uzoq o’tmishdayoq Misr, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, shaharlaridagi maydonlarda bayram kunlari akrobatlar, dorbozlar, fokuschilar, chavandozlar, hayvon o’rgatuvchilar, o’z san’atlarini namoyish qilganlar. Dunyodagi barcha sirklarda arena o’lchami doimiy bir xil qilib belgilangan. Arenaning doira shakli ham doimiy qilib belgilangan. Qadimdan hozirgacha dunyodagi barcha davlatlaridagi sirk arenalari doira shaklida quriladi, Savol nima uchun sirk arenalari doira shaklida quriladi?
Javobni ko'rish
Chunki qachonlardir sirk programmasining katta qismini chavandozlar va o’rgatilgan otlarning chiqishlari egallagan. Otlar maydonchada aylana hosil qilishgan, uning atrofini tomoshabinlar o’rashgan. Dastlabki sirk binolarini qurishdayoq artistlarga har bir shaharda otlarni qaytadan o’rgatib o’tirmasliklari uchun maydonchalarni doira shaklida hamda bir xil o’lchamda qurishgan