Zakovat savoli #26620
Mamlakatimizda ushbu mahsulotni tayyorlashning o'ziga xos maktablari bor. Har bir hudud o‘z uslubiga ega. Ayrim tarixiy manbalarga ishonadigan bo'lsak, ushbu mahsulot zardushtiylik ya’ni otashparastlik dini rivojlanishi natijasida Qadimgi Xorazm hududida paydo bo'lgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham keng tarqalgan. Biroq ushbu mahsulotning Xorazmda tayyorlanganlari asrlar davomida Buyuk ipak yo'li karvonlari orasida ayniqsa mashhur bo'lgan. Bunga bu yerda tayyorlangan mahsulotning bir xususiyati sabab bo`lgan?
Diqqat savol: Bu mahsulot va uning xususiyatini ayting?
Diqqat savol: Bu mahsulot va uning xususiyatini ayting?
Javobni ko'rish
Non . Yupqalik Izoh: Otashparastlikda olov muqaddas hisoblanadi va dastlabki tandirlar ham aynan ularda yaratilgan degan qarashlar mavjud. Karvonlar Xorazmdan uzoq yo'lga yetadigan non harid qilishgan. Ular yupqaligi bois ancha vaqt aynimagan va qotgan taqdirda ham yeyishga oson bolgan