Zakovat savoli #26400
Pastda "Iblis Advokati" ("Адвокат дьявола") filmidan parcha berilgan.
Hali mobil telefonlar yo'q bo'lgan paytlari "Frans-press" nashrining uddaburon va ayyor muxbiri Pyer Litye o'tkazilgan matbuot anjumanlari haqidagi ma'lumotlarni qolgan hamkasblaridan nisbatan tezroq yetkazib turgan. Chunki u doimo o'zi bilan matbuot anjumanlariga ulardan bir nechtasini olib yurgan. Yana bir qo'shimcha ma'lumot, rossiyalik aktyor Aleksandr Demyanenko va o'zbekistonlik To'lqin Tojiyevning o'ziga xos hamkorlikdagi kino qahramoni ham favqulodda vaziyatda muxbir Pyer Litye o'zi bilan olib yurgan narsaga duch kelgan.
Diqqat, savol: Qolgan hamkasblaridan tezroq xabar yuborish uchun "Frans-press" nashri muxbiri qanday ayyorlik qilgan?

Javobni ko'rish
Pyer telefon qutisiga "telefon ishlamayapti" belgisini osib qo'ygan. U davrlarda yangilikni nashriyotga yetkazishning eng tez yo'li telefon qutilari bo'lgan.