Zakovat savoli #26380
Bir qancha qurbaqalar sakrab ketayotganda ulardan ikkitasi chuqurchaga tushib qolibti. Chuqurdan chiqishga urinib sakray boshlashibti ammo kuchi yetmabti. Tepadagilar “sakramanglar baribir kuchinglar yetmaydi”deb baqirishibti. Bu gaplardan keyin birinchi qurbaqa taqdirga tan berib sakramay qo‘yipti. Ikkinchisi esa yana ham balandroq sakray boshlapti va nihoyat chiqib olibti. Do‘stlari “Qanday chiqding? Axir juda chuqur ediku?” deb so‘rashibti. Qurbaqa esa “Qo‘llab turganinglar uchun rahmat do‘stlarim. Siz bo‘lmaganda chiqa olmasdim” deb yo‘lida davom etibti. Savol : qurbaqa nimaga unday degan?
Javobni ko'rish
U kar bo‘lgan. Do‘stlarim meni qo‘llayapti deb o‘ylab ruhlanib ketgan.