Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26238

Zakovat savoli #26238

Tibbiyotda tekshiruvning Perkussiya usuli mavjud. Unga ko'ra shifokor bemorning ichki a'zolari (jigar, o'pka va hkz)larni chegaralari, qorinda suv miqdorini aniqlash maqsadida bemor tanasiga chap qo'l o'rta barmog'ini qo'yadi va o'ng qo'l o'rta barmog'i to'qillatib urib tekshiruvni amalga oshiradi.
Perkussiya usulini kashf etgan doktor Leopold Auenbrugger hisoblanar ekan. Eng qiziq tomoni, bu usul kashf etilishiga yoshlikda otasining kasbida bergan yordamlari asos bo'lganligi aytiladi.
L.Auenbruggerning otasining kasbini toping ?
Javobni ko'rish

Vino sotuvchi. Izoh: bo'lajak shifokor yoshligida bochkalarda qancha vino qolganini bilish uchun bochkaga qo'lini qo'yib ustidan urib ko'rgan, keyinchalik esa bu Perkussiya usuliga asos bo'lgan.

Boshqa savollar