Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26202

Zakovat savoli #26202

Turklar turli urf odatlarga boy xalq hisoblanadi. Qadimda kelinni olib kelish uchun borgan kuyov uning qo'liga uzuq taqqan — bu rishta bog'langanligini bildirgan. Kelinning oyog'iga yangi poyafzal kiydirgan — bu hayotning har qanday yo'lida ham unga ergashishi kerakligini bildirgan. Kelin kuyov xonadoniga kelishida esa ortidan qilich ko'tarib yurishgan — bu uning himoyada ekanligini va gunoh ish qilgudek bo'lsa qattiq jazolanishini bildirgan. Aytingchi, kelin kuyovning uyiga kelganidan so'ng, ro'zg'orning barcha yumushlari endi uning zimmasida ekanligini bildirish uchun unga qanday sovg'a berishgan?
Javobni ko'rish

Xonadon kaliti

Boshqa savollar