Zakovat savoli #26125
U qahramon yoshligida aqlbovar qilmaydigan g'aroyib sarguzashtlarni o'z boshidan kechirgan ediki,shu tufayli uning xotiralari tinglovchilarda juda qattiq kulgu uyg'otgan. Odatdagi ovlardan birida u yonida o'qi bo'lmaganidan bir bug'uni olcha danagi bilan otganini, xuddi o'sha bug'uni bir yildan keyin yana uchratib qolganini, o'sha jonivorning peshanasida mevalari pishib turgan olcha daraxti o'sib turganini aytadi. Yana bir voqeada uzun loviya poyasida Oyga tirmashib chiqqanini ham so'zlaydi.
U qahramon ajabtovur,quvnoq sarguzashtlar sohibi bo'lgan. Bir mashhur yozuvchi U ning sarguzashtlari haqida kitob yozgan.
Siz Menga qahramonni emas, Yozuvchi kimligini ayting?
U qahramon ajabtovur,quvnoq sarguzashtlar sohibi bo'lgan. Bir mashhur yozuvchi U ning sarguzashtlari haqida kitob yozgan.
Siz Menga qahramonni emas, Yozuvchi kimligini ayting?
Javobni ko'rish
Nemis yozuvchisi Rudolf Erix Raspe!! Asar qahramoni Baron Myunxgauzen "Baron Myunxgauzenning Sarguzashtlari"