Zakovat savoli #2604
Insatgramdagi postlarning birida Tom Holland o'z kostyumini Marvelning filmlari qahramonlari kostyumlari orasidagi eng noqulayi deb hisoblashini aytib o'tadi. Shuningdek, u hali yoshligi va telefoniga juda bog'lanib qolgani sabab biroz noodatiy bo'lmasin BU ISHNI QILISHINI aytib o'tadi. Xuddi o'sha post tagidagi kommentlarda esa bir ayol odatda idish-tovoq yuvayotganda, boshqa bir erkak esa qishda sovuq havo sabab BU ISHNI QILISHIGA to’g’ri kelishini qo'shimcha qilishadi. Bir karikaturada esa Pinokkio ham Bu ishni qilishini ko’rish mumkin
D.S: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini inglizcha so'zdan foydalangan holda maksimal aniqlikda ayting
D.S: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini inglizcha so'zdan foydalangan holda maksimal aniqlikda ayting
Javobni ko'rish
Burun bilan like bosish