Zakovat savoli #25973
Formula-1 poygalarida Monoko Gran prisidagi tunnel trassaning eng xavfli qismi hisoblanadi. Bunga sabab poygachilar tunnelga kirganlarida yorug‘likning keskin pasayishidir. Poygalarning birida yorug‘likdan tashqari tunnel yana bir xavf tug‘dirish ehtimoli borligi kuzatiladi. Shu sababli tashkilotchilar poyga boshlanmasidan oldin tunnelga yong‘in o‘chirish mashinalarini chaqiradilar va ularning xizmatidan foydalanadilar. Tashkilotchilar nima sababdan yong‘in o‘chirish mashinalarini chaqirishga majbur bo‘lganliklarini toping?
Javobni ko'rish
Yomg‘ir sababli Izoh: Sababi ochiq trassa yomg‘ir natijasida nam bo‘lgan, tunneldagi yo‘l esa o‘z-o‘zidan quruq bo‘lgan.