Zakovat savoli #25937
Futbolning ashaddiy ishqibozlaridan biri sifatida futbol haqida savol bermasam bo‘lmas. Gollandiyalik mohir futbolchi Yoxan Kruiffga darvozabonlar ba’zida shunday savol berib turishar ekan: “Agarda to‘p darvoza “to‘qqizligiga” (devyatka) qarab uchayotgan bo‘lsa, unda nima qilish kerak?”. Kruiff bu savollarga ajoyib tarzda javob beradi. Uning tavsiya qilgan ishini sizlar ham qilsangiz, hecham xafa bo‘lmayman. Qanday ishni?
Javobni ko'rish
Olqishlash qarsak chalish