Zakovat savoli #25923
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Anvar Obidjon ijodida 3 qatordan iborat xokku -“uchchanoqlar”ni uchratish mumkin. Bunda uchchanoqlarning har bir qatorida 7 tadan bo‘g‘in mavjud va ular xuddi xokkular singari falsafiy ma’no anglatadi. Uchchanoqlardan biridan parcha o‘qiyman: Yasholmasdi kuldirmay Birovlarga bildirmay Yig‘lab oldi … Marhamat qilib, nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan so‘zni aniqlang?
Javobni ko'rish
Yomgʻirda