Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #25920

Zakovat savoli #25920

Finlyandiyada har yili “Havo gitarasi” nomli jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada hakamlar hay’ati g‘oliblarni 3 ta mezon bo‘yicha aniqlashadi: texnika, xarizma va aktyorlik mahorati. Musobaqa 2 ta bosqichdan iborat bo‘ladi, birinchisi, ishtirokchilar o‘zlari tayyorlab kelgan nomerlarini namoyish qilishsa, ikkinchisida tashkilotchilar tomonidan berilgan vazifalarni bajarishadi. Agarda bu odatiy gitara musobaqasi bo‘lganda edi, men sizlarga buni savol qilib bermagan bo‘lardim. Aytingchi, musobaqani o‘ziga xosligi nimada?
Javobni ko'rish

Ishtirokchilar musobaqa davomida aslida qo‘llarida yo‘q gitarani xuddi bordek qilib, chalib ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Boshqa savollar