Zakovat savoli #25917
Respublikamizdagi bu joy nomining kelib chiqishi quyidagicha: XVIII-XIX asrlarda bu yerda yaqin hududlarda yetishtirilgan g‘alla ekinlari to‘planadigan katta ombor bo‘lgan. Keyinchalik shu ombor tufayli bu hudud shunday atala boshlagan. Yordam sifatida aytishim mumkinki, mashhur bir shaharga shimol tomondan kirib borishda albatta shu hudud, aniqrog‘i, shu nomdagi tuman kesib o‘tiladi. Ushbu hudud nomini toping?
Javobni ko'rish
Dang‘ara. Izoh: g‘alla ekinlarining yana bir nomi bu donli ekinlar. O‘simliklar va boshqa ekinlar poyalari yoki donlari birgalikda g‘aram deb atalgan. Qo‘qon xonligi ombori shu yerda bo‘lgan.