Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #25850

Zakovat savoli #25850

Har bir ishda hikmat mujassam...

Odam Ato va Momo havo yer yuzida topishgach yemish masalasida qiynalishadi. Shunda ularga bug'doy keltirilib non qilish o"rgatiladi. Shu jarayonda odam bug"doy unganini ko'rgach "Yeyaveraymi?"
Jabroil: "Avval o'rgin"
Odam a.s: "Endi yeyaveraymi?"
Jabroil: "Yanchgil"
Odam a.s: "Endi yesa bo'ladimi?"
Jabroil: "Sovurgil"
Odam a.s: "Yeyaveraymi?"
Jabroil: "Suv qo'shgil"
Odam a.s: "Endi yesam maylimi?"
Jabroil a.s: "Pishirgil.
Xullas non tayorlagunlaricha yarim kun o'tdi. Non tayyor bo'lgach Odam a.s:
"Endi yesam bo'laveradimi?"
Jabroil: "Yana biroz sabr qil".
Ushbu hikoyatda aytilishicha Odam a.sning sabr qilishi natijasida nima vujudga kelganini ayting ?
Javobni ko'rish

Ro'za tutish. Izoh. Non yopguncha yarim kun o'tgani haqida aytilgandi. Shunda Jabroil aytadi: Kun 2 qismdan iborat edi. Biri o'tdi. Sabr qil, kun botsin. Bu kun ro'za tutgil.

Boshqa savollar