Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #25840

Zakovat savoli #25840

Hind Maliki shunday degan: " u menda turgan payti men unga hukmronman, meni tark etdimi, endi hukmronlik unga ko'chdi."
Bir sherda esa shunday deyiladi:
Har ikkisi o'qdir - biri sadoqda
Biri esa endi kamondan uchgan.
Diqqat savol. Yuqoridagi ta'riflarda nima haqida gap borganini ayting.
Javobni ko'rish

Aytilgan va aytilmagan so'z haqida. Izoh. Hind Maliki fikricha aytilmagan so'zlar ustidan u hukmdor, xohlagan paytda aytadi yoki umuman aytmaydi. Aytgan so'zlari esa uning ustidan hukmronlik qiladi. Sherda ham aytilgan so'z kamondan uchgan o'qqa, aytilmagani sadoqdagi o'qqa qiyoslangan.

Boshqa savollar