Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #2567

Zakovat savoli #2567

Diqqat! Savolda «alfa» va «betta» so‘zlari boshqa so‘zlar bilan almashtirilgan.
Manbalarga ko‘ra, 1860-yillarda turkmanlar odam o‘g‘irlab, ularni Buxoro va Xiva bozorlarida sotar
edilar. Turkmanlar asirlarni qul qilib sotishdan oldin ularga savol berar edilar:
— "«Alfa»misan, «betta»misan?"
Agar asirning javobi «alfa» bo‘lsa, uni urib-so‘kib, «betta» ekanligini aytganlar. Oxir-oqibat bechora
asirlar «betta» ekanligini tan olishgan.
Diqqat! «Alfa» va «betta»ni topgan bo‘lsangiz, turkmanlar nima sababdan bu ishni amalga
oshirganligini maksimal aniqlikda yozib bering.
Javobni ko'rish

Islom an’analarida musulmon kishi musulmonni qul qilishi qoralanganligi sababli

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar