Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #25567

Zakovat savoli #25567

Angliya premyer ligasi 2019-yil Manchester United va Chelsea klublarining ilk o‘yini Old Trafford stadionida bo‘lib o‘tadi. SHarxlovchi esa yozgi tanaffusda ikki jamoaning ham juda faol bo‘lganini aytib eng X va eng Y lar to‘qnashuvida kim g‘alaba qozonar ekan deydi. Ushbu o‘yin 4-0 hisobida Manchester klubi foydasiga hal bo‘lgach X lar Y lardan kuchli ekani ta'kidlanadi. Ammo bu holat Liverpulga YCHL ni yutishiga yordam berolmaydi. Yurgen Kloppning fikricha x ham y ham kuchli bo‘lmasa natijaga erishish mushkul.
Savol. x va y larni topgan bo‘lsangiz ular qatorida doimo birinchi sanaluvchi ikki insonni ayting?
Javobni ko'rish

X -Fabio Kannavaro Y -Lev Yashin Izoh :X bu himoyachi. Y bu darvozabon. O‘sha mavsum ikkala klub ham transfer oynasida juda faol bo‘lib eng qimmat himoyachi Hary Mcguire va eng qimmat darvozabon Kepa Arizabalagani sotib olishadi. Liverpool esa Virgil Van Dijk bn YCHL ni yutolmaydi sabab esa Darvozabon Lores Kariusning "qovun"lari edi. Tabiiyki darvozabonlar ichida birinchi deb ataluvchi va yagona oltin to‘p sohibi Lev Yashin va himoyachilar ichida oltin to‘p sohibi Fabio Kannavaro doimo o‘z sohalarida birinchi bo‘lib kelishgan.

Boshqa savollar