Zakovat savoli #25371
Savol: Germaniya kansleri Bismark o‘lganidan, bir necha soat o‘tib, uning tanasi joylashgan xonaga ikki nafar kishi ruxsatsiz kirib olishadi. Negativ harakatni amalga oshirib, ular gazetada e’lon berishadi. Diqqat savol: Yuqoridagidek kishilarni qanaqa umumiy nom bilan atashadi?
Javobni ko'rish
Paparatsi!📸 Izoh: O‘lgan odamni ruxsatsiz suratga olish tom ma’noda negativ harakat hisoblanadi. Fotograflar e’lon orqali gazetalarga suratlarni qimmatroqqa pullashgan, ammo politsiyaning aralashuvi tufayli qamoqqa tishishgan. Bu kishilar mashhur shaxslarning hayotlarini, ularning rozilik va istaklarisiz suratga tushiruvchi fotomuxbirlar hisoblanadi. Ushbu atamaning kirib kelishiga Federiko Fellini sababchi bo‘lgan. U «Shirin hayot» kinofilmida asosiy qahramon sifatida Paparatstso ismli fotomuxbirni suratga olgan.