Zakovat savoli #25344
Bir asarda taqibdan qochib yurgan qoʻzgʻalonchilar boshligʻi oʻzi bilan birga doim sevgilisini sovgʻasini olib yurgani aytilgan. U bu sovgʻadan koʻproq tunda foydalanardi. Ammo yigitlari uni nima uchun bunday "noqulaylikdan" foydalanayotganini bilmasdi. Soʻraganlarida esa shunchaki "Sevgilimni eslatib turadi" degan javobni olardi. Aslida esa bu "noqulaylik" ortida ogohlik bor edi.
Sovgʻadan uxlayotganda foydalanganligini bilgan holda sovgʻani nomini yozib bering?
Sovgʻadan uxlayotganda foydalanganligini bilgan holda sovgʻani nomini yozib bering?
Javobni ko'rish
tovoq (lagan, kosa varianti ham qabul) U tovoqdan kechalari uxlaganda yostiq sifatida foydalanardi albatta bu noqulay. Ammo tovoq qadam tovushlarini bir necha bor kuchaytirib bergani uchun u yoniga birov yaqinlashganda darhol xabardor boʻlar edi. Xudayberdi Toʻxtaboyev "Qasoskorning oltin boshi" asaridan