Zakovat savoli #25333
Dollarning yashil rangda tovlanishi sababi juda qiziq. 1869 yilda AQSh Moliya Vazirligi Filadelfiyaning «Messers J. M. & Sox» kompaniyasiga yangi pullar chop etish bo‘yicha buyurtma beradi. Ungacha bo‘lgan davrda dollar asosan oq-qora rangda bo‘lib, faqat bir chetigina yashil rangda bo‘yalgan. X paydo bo'lishi bilan pullar osongina qalbakilashtirila boshlandi. Buning oldini olish maqsadida banknotlarga boshqa ranglar qo‘shishga qaror qilinadi. Fabrikalarda ko‘p miqdorda yashil bo‘yoqlar borligi, boshqa ranglar qo‘shimcha harajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi uchun shu rangga zo‘r beriladi va dollar «ko‘kidan» (to‘g‘rirog‘i «yashilidan») degan yana bir sinonimga ega bo‘ladi.
Nimaning paydo bo'lishi qalbaki dollarlarni ko'paytiradi?
Nimaning paydo bo'lishi qalbaki dollarlarni ko'paytiradi?
Javobni ko'rish
Fotografiya. U paydo bo'lgandan keyin oq-qora pullarni qalbakilashtirish oson bo'lib qolgan