Zakovat savoli #24965
Qadimiy jumboq. Yunon afsonalarida aytilishicha, bu jumboq muallifi dunyoni kezib, yo‘lida uchragan yo‘lovchilarga turli boshqotirmalarni berib yuradi va javob topa olmaganlarning barchasini o‘ldirib yuboraveradi, uning quyidagi jumbog‘i tillarda doston bo‘lgan: «Menga ayting-chi, kim ertalab to‘rt oyoqda, kunduzi ikki oyoqda, kechqurun esa uch oyoqda yuradi? Yer yuzida yashaydigan mavjudotlardan hech biri unga o‘xshab o‘zgarmaydi. U to‘rt oyog‘ida yurgan vaqtda kuchsiz va kam harakatchandir». Ushbu boshqotirmaning javobini toping ?
Javobni ko'rish
Inson