Zakovat savoli #24959
Mening yaqin bir do'stim bor. Uning kasbi… keling kasbi haqida keyinroq gaplashamiz. Qisqasi u bir kuni yuk mashinasida yo'lda ketayotgan paytida, yo'l patrul xizmati xodimi to'xtatibdi. Uni o'ta sekin kelayotgani, ya’ni soatiga 25 km tezlik bilan harakatlangani uchun jarima solmoqchi bo'libdi. Shunda do'stim mashinasining yukxonasini ochib, olib ketayotgan narsasini ko'rsatibdi. Qo'li bilan yon-atrofga imo-ishoralar qilib o'zini oqlashga tushibdi. Shunda YPX xodimi uni tushunib, tabassum qilgancha uni qo'yib yuborib, kamiga yaxshi yetib olishini ham tilabdi.
Diqqat savol: do'stim nima olib ketayotgan edi va uning kasbi nima?
Diqqat savol: do'stim nima olib ketayotgan edi va uning kasbi nima?
Javobni ko'rish
Asalari ini. Izoh: uning kasbi asalarichi bo'lib, ona asalari uyini boshqa yerga olib ketayotgan edi. Sekin yurganining sababi esa mashina ortidan asalarilar to'dasi uchib kelayotgan bo'lgan. Asalarilarning eng kichik tezligi soatiga 25 km.