Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24949

Zakovat savoli #24949

Qozog'istonda 2003-yilda bir qiz dunyoga keladi. Uning otasi qiziga qanday ism qo'yish borasida uzoq o'ylanib qoladi. O'g'il farzand bo'lgandaku orzusini amalga oshirish ancha oson kechardi, uncha muammo bo'lmasdi. Biroq baribir yo'lini topadi hamda qiziga NURABINAZ deb ism beradi.
Diqqat savol: U qizini bunday nomlashiga sabab bo'lgan orzusini ayting?
Javobni ko'rish

Farzandini Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga nomlash. Izoh: O'g'li bo'lganda Nursulton deyishi mumkin edi. Ammo qiz bo'lganligi sababli prezident ismi sharifi - NURsulton ABIshevich NAZarboyevdan o'ziga xos ism yasaydi. Hozirda bu qizcha Qozog'istonda juda mashhur ekan.

Boshqa savollar