Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24904

Zakovat savoli #24904

Kunlardan bir kun Aristotelning huzuriga bir yosh yigit ta’lim olish maqsadida keladi. Uchrashuv chog’ida u ko'p gapiradi, bir necha bor Birinchi muallimning gapini ham bo’ladi. Ikki soatlik suhbatdan so’ng, u Arastudan so’raydi:
-Ta’lim narxi qancha bo’ladi?
-Siz boshqa shogirdlarimga nisbatan ikki baravar ko’p pul to’laysiz, - deydi faylasuf.
-Sababini bilsam bo’ladimi?- deb so’raydi bo'lajak shogird.
Diqqat savol: Birinchi muallim nima deb javob bergan?
Javobni ko'rish

Senga avval sukut saqlashni ham o'rgatishim kerak, degan ekan buyuk faylasuf. Izoh: Arastu - Aristotel - Birinchi Muallim - bularning hammasi bir kishi, qadimgi yunon faylasufi, Sharqda Birinchi Muallim nomi bilan mashhur Arastudir.

Boshqa savollar