Zakovat savoli #24897
2006-yil Germaniyada bo'lib o'tgan futbol bo'yicha Jahon Chempionatining Xorvatiya va Avstraliya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan bahsda angliyalik bosh hakam Grem Poll o'ziga xos rekord o'rnatgan. Bosh hakam xatosi va yomon xotira tufayli BU ISH ni uch marotaba bajargan. Keyinchalik esa yon daftarchasida yo'l qo'yilgan xato sababli bu hodisa sodir bo'lgan.
Diqqat savol: Grem Poll qaysi ishni uch marotaba bajargan?
Diqqat savol: Grem Poll qaysi ishni uch marotaba bajargan?
Javobni ko'rish
Bosh hakam Xorvatiyaning 3-raqamli futbolchisi Yosip Shimunichga uch marotaba Sariq kartochka ko'rsatgan. O'z izohida yon daftariga Avstraliyaning 3-raqam ostidagi futbolchisi Kreyg Murga sariq kartochkalardan birini rasmiylashtirganini aytib o'tgan.