Zakovat savoli #24890
Tailandda bo'lib qaytgan o'qituvchimiz o'z taassurotlarini bizga ulashar ekan, bir qiziq voqeani aytib o'tdilar:
- Tailandning bir kinoteatriga kirdik. Ekranda allaqanday yozuvlar paydo bo'ldi, atrofga nazar solsak, tailandliklar joyidan turib olgan. Biz ham, odat shunaqa bo'lsa kerak, deya joyimizdan tik turib, allanimalarnidir eshitib turdik. Shundan so'ng miriqib kino ko'rdik. Kino tugagandan so'ng, darhol chipta sotuvchiga bu holat haqida aytdik. U kulib: "Bizda doim kinodan oldin X qo'yiladi", - dedi. Qiziq odat, vatanparvar xalq ekan.
Diqqat savol: Xo'sh, Tailandda kino boshlanishidan oldingi bunday odat sababini ayting!

Javobni ko'rish
Tailanddagi kinoteatrlarda kinodan oldin DAVLAT MADHIYASI qo'yib berilar ekan. Qaysidir ma'noda "vatanparvar" so'zi kalit vazifasini bajarishi mumkindir.