Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #2485

Zakovat savoli #2485

2022-yil 11-iyun kuni 23 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempionati chorak final bahsi bo‘ldi va bunda O'zbekiston hamda Iroq jamoalari kuch sinashdi. O‘yinning 50-daqiqasida O'zbekiston jamoasi a‘zosi Jasur Jaloliddinov o‘ziga xos usulda penalti ijro etib hisobni tenglashtiradi. O‘yin sharhlovchisi Xayrulla Hamidov esa bunga shunday izoh beradi: "bu uslub hatto UNI ham yig‘latib yo‘llangan yangicha uslub". U 1976-yilgi Yevropa chempionatida penaltilar seriyasidagi Germaniya Federativ Respublikasi darvozasiga yo‘llagan zarbasi bilan mashhurlik qozongan Chexoslovakiyalik futbolchidir.
D.S: bir daqiqadan keyin menga Uning familiyasini yozib bering.
Javobni ko'rish

Panenko

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar