Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24821

Zakovat savoli #24821

XIX asrda ruslarda bir antiqa firibgarlik yo'li paydo bo'ldi. Bu firibgarlar ma'lum muddatda katta pulga ega bo'lishar va xohlasa Odessa, xohlasa Konstantinopolda bir muddat dam olib yana yurtlariga qaytishar edi. Faqat qaytishdan oldin ular o'ziga xos suvenirlarni sotib olishardi. Diqqat savol: Ushbu suvenirlar qaysi shahardan keltirilgan bo'lishi kerak edi?
Javobni ko'rish

Makkadan Izoh: Islomda kimning holati hajga borishga to’g’ri kelmasa, boshqa bir insonni o’z nomidan yuborish mumkin. Firibgarlar ana shunday insonlardan pul olib o’zlari xohlagan joyida dam olib, Makkaga borganliginig isboti sifatida suvenirlar olib borishadi.

Boshqa savollar