Zakovat savoli #2480
Mashhur oshpaz, “The F Word” va “Do’zax oshxonasi” shoulari muallifi Remzi Gordon 2013-yilda 7 ta X ga ega chiqadi. Joel Robyushon X lar soni bo’yicha 31 ta X bilan yaqqol lider hisoblanadi. X ning nima ekanini topgan bo’lsangiz X ni nima ishlab chiqaruvchi kompaniya ta’sis etgan?
Javobni ko'rish
Avtomobil shinalari