Zakovat savoli #24746
Dengiz bo‘yida joylashgan qadimiy Pergam shahrida bir lavozim egalari bo‘lib, ular ma’lum bir vaqtda bozorlarni aylanishadi va rastalardagi baliqlarning dumini uzib chiqishadi. Diqqat savol: Bunday ko‘zlangan maqsad nima bo‘lgan?
Javobni ko'rish
Bunday lavozim egalari nafaqat Pergam, balki dengiz atrofida joylashgan shaharlarning ko‘pchiligida bo‘lgan. Ular kun oxirlagan paytda bozorlarda kun davomida sotilmay qolgan baliqlarning dumini uzib chiqishadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, savdogarlar ertasi kuni sotilmay qolgan baliqlarni xaridorlarga “bugun tutib keltirilgan baliq”, deya sotmasligi uchun.