Zakovat savoli #24662
Umrining oxirgi kunlarida Nobel qattiq qayg-uga tushadi. Kun bo'yi hech narsa yemas, o‘zi bilan o‘zi gaplashib vaqtini besamar o‘tkazar, tunlari esa ox urib, nola chekishlari shu darajada ediki, xizmatkorlar uxlay olmay tong ottirardi. Eng kuchli uyqu dorilar ham naf bermas edi.
Shunday beorom tunlarning birida ish stoliga bir amallab yetib olgan Nobel vasiyatnomani oldida qaltiraganicha bir necha so‘zni qo‘shimcha qilib yozdi.
Oradan ikki kun o‘tib , daho dunyodan ko‘z yumdi.
Savol : Buyuk olim, yer yuzidagi eng badavlat odam umrining oxirgi kunlarida o‘zining o‘sha mashhur olamshumul vasiyatnomasiga nimani qo‘shimcha qilgan bo‘lishi mumkin?

Javobni ko'rish
O‘lgandan keyin bilagidagi qon tomirlarni kesib tashlashlarini vasiyat qilgan. U bir umr o‘zini tiriklay ko‘mib yuborishlaridan qo‘rqib yashagan ekan.