Zakovat savoli #2459
1992-yili Yaponiyaning SEGA kompaniyasining eng asosiy oʻyin dasturchisi Yuji Naka ishdan ketishga qaror qiladi. Kompaniya rahbariyati qimmatli kadrni saqlab qolish uchun 30 ming AQSh dollar kompensatsiya hamda yaxshigina bonus ham taklif qiladi. Ammo Yuji Naka ketish sababi pul emas, balki oʻzi yaratgan oʻyinlar oxirida uning ism-familiyasi chiqmayotganini aytadi. Keyinchalik kompaniya baribir dasturchini bir amallab qaytarishga erishadi. Diqqat, savol: nega SEGA oʻyinlari oxirida muallif dasturchilar ismini koʻrsatmas edi?
Javobni ko'rish
Boshqa kompaniyalar oʻziga ogʻdirib olmasligi uchun.