Zakovat savoli #2450
XV asrning 2-yarmiga kelib, Yevropada tabiiy resurslar va xomashyoga boy deb hisoblangan Hindiston va Xitoyga yangi yo‘llarni topish ishlari boshlandi. Natijada ALFAlar amalga oshirildi. ALFAlar asosan 3 ta yo‘nalishda olib borildi: 1) janubiy – Afrika bo‘ylab; 2) g‘arbiy – Atlantika okeani orqali; 3) Shimoliy – Yevrosiyoning qutbiy o‘lkalari va shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab. ALFA 1492-yil ispaniyalik insonning birinchi sayohatidan boshlandi.
Savol: ALFAni 3 so‘zda yozib bering.
Savol: ALFAni 3 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Buyuk geografik kashfiyotlar.