Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24498

Zakovat savoli #24498

Kunlardan bir kuni Xiva xoni Muhammad Raximhon Feruz ot minib qal’ani aylanib yurgan ekan. Temirchi ustaning ishlab o‘tirganiga ko‘zi tushibdi. Salom alikdan so‘ng xon ustaga so‘z qotibdi:
-Taqsir, qishning qahraton sovug‘ida ishlab nima zarur sizga? Uyda o‘tirsangiz bo‘lmaydimi?
-Sababi tirikchilik, bola chaqa boqish kerak deb javob beribdi usta.
-Qish g‘amini yozda yeb qo‘ymabsizda debdi xon.
-Ey xazratim to‘qqizga uchni qo‘shsam o‘n ikki bo‘ladi-yu, lekin 32 ga yetkazolmay xunobman debdi unga javoban usta.
Xurmatli bilimdonlar temirchining javobini aniq kilib izohlab bering.
Javobni ko'rish

To‘qqiz degani bahor, yoz, kuz oylari. Uch esa qish oylari, ularni qo‘shsa 12 oy ya’ni bir yil kelib chiqadi. 32 degani inson tishlari.

Boshqa savollar