Zakovat savoli #24471
Ingliz olimlari g‘aroyib kashfiyot yaratishdi. Kashfiyotni amalda bajarish uchun ko‘p narsa kerak emas, bor yo‘g‘i odam serqatnov ko‘cha yoki hiyobonlarga, yo‘lovchilar tirband bo‘ladigan avtobus bekatlari yoki metro stansiyalari poliga mahsus moslamalar o‘rnatilsa bas. Ixtirochilar o‘zlari yaratgan qurilmani kelgusida avtomobil va poyezdlarda ham qo‘llab ko‘rish niyatidalar.
Xurmatli bilimdonlar siz menga ushbu qurilmadan qanday maqsadda foydalanishni aytib bering?
Xurmatli bilimdonlar siz menga ushbu qurilmadan qanday maqsadda foydalanishni aytib bering?
Javobni ko'rish
Elektr toki olish uchun! Izoh: Odatda odam qadam tashlaganda yer tebranadi va elektr toki xosil bo‘ladi. Uni jamlasangiz bir soatda 5 vattdan 7 vattgacha elektr energiyaga ega bo‘lasiz. Agar jamoat joylarida shu vaqt ichida 20 ming odam u yoqdan bu yoqqa o‘tsa, ushbu ko‘rsatkich 100000-140000 vattga tenglashadi.