Zakovat savoli #24399
1904 yilning 12-iyulida Parral shahrida Rikardo ismli bolakay tug’iladi. Rikardo ziyrak, iste’dodli va ta’sirchan bola edi. U bolaligidan ko’p o’qiydi va she’rlar mashq qiladi. Ayrim faktlarga ko’ra uning ijod qilishiga ota-onasi qarshilik qilgan, otasi va o’gay onasidan qo’rqib she’rlariga Rikardo Reyes(o’z ismi) emas Chexoslavakiyalik mashxur bir shoirga havas qilib uning nomini taxallus qilgan. Oxir oqibat bu taxallus uning rasmiy ism familiyasiga aylanib ketgan. 1971-Yil ”bashariyat qo’shig’i" epopeyasi uchun Nobel mukofotini olgan. Buxoroda esa uning nomida ko’cha nomi bor. Savol Rikardo Reyesni biz qaysi nomda taniymiz?
Javobni ko'rish
Pablo Neruda