Zakovat savoli #24395
Maks Brod ismli insonni hech kim tanimasa kerak. Bu shaxs adabiyot uchun juda katta xizmat qilgan. U o’zining eng yaqin do’stining asarlarini yoqib yuborish haqidagi vasiyatini bajarmagani uchun o’sha do’stini mashxur qilib yuborgan. To’g’ri bu mashxurlik o’limidan so’ng bo’lgan. Haligacha hatto adabiyot professorlari orasida ham Brodning do’stining asarlarini hech kim to’liq tushunib yetmagan. U o’zi haqida men adabiy so’zlashni bilmayman, mening o’zim adabiyotdan iboratman degan qaydni yozib ketgan. Uni kimlardir egoist yana kimlardir qo’rqoq deydi shaxsan men uni eng buyuk yozuvchilardan deb bilaman. Diqqat savol Brodning mashxur do’stining ism familiyasini ayting!
Javobni ko'rish
FRANS KAFKA