Zakovat savoli #24372
Ko'chada ketayotib bu so'zning o'zbekcha tarjimasiga ko'p bora duch kelishimiz aniq. Rus tilida "joy" ma'nosini ifodalagan bu so'zni ko'pchilik Yevropadan kirib kelgan, deb o'ylasa kerak. Ingliz tilida esa "axborot manbai" bo'lib xizmat qiladigan bu so'z aslida arabchadan o'zlashgan bo'lib, "ombor, saqlash joyi" deganidir. Bizga ham tanish bo'lgan bu so'zni ayting!?
Javobni ko'rish
Magazin Arabcha "makzan" so'zidan olingan bo'lib, hozirda ingliz tilida "jurnal" degan ma'noda ishlatiladi.