Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24351

Zakovat savoli #24351

Samarqand yaqinidagi Panjikent yodgirligidagi devorlardan birida 3 tasvir bor:
1) chordana qurgan yigit va oldida katta qush, 6 ta oltin tuxum;
2) yigit qushni so'ymoqda;
3) yigit qo'lini peshanasiga urmoqda.

Bu rasnning mazmuni Ezop masallarida uchraydi. Siz bizga shu masalni to'ligicha yozib bering )) demaymiz, shunchaki masalda qaysi illat qoralanganini 1 ta so'z bilan ayting.
Javobni ko'rish

ochko'zlik Izoh: Masalda aytilishicha, yigit g'ozning oltin tuxum berishini bilib qoladi. Ochko'zlik qilib barchasini birdan olmoqchi bo'lib qushni so'yadi. Ichidan hech narsa chiqmagach, attang deb peshanasiga uradi.

Boshqa savollar