Zakovat savoli #24349
"O'zbek tilining etimologik lug'ati"da tilimizdagi so'zlarning kelib chiqishi yoritilgan. Shu kitobda BU SO'Zning kelib chiqishi Muso a.s. bilan bog'langan va qo'pol xatolikka yo'l qo'yilgan. Aslida, BU SO'Z buyuk ahdnoma, bitim, kelishuvni anglatadi. Bu bitimni buzishning oqibati juda yomon bo'lishi aniq. Tilimizga arab tilidan kelgan BU SO'Zni biz ibora tarkibida ishlatamiz. Parishonxotir bo'lmasangiz, bizga BU SO'Zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Almisoq Izoh: Lug'atda muallif al va Muso so'zlaridan kelib chiqqan deb adashgan. Aslida, almiysoq inson dunyoga kelmasidan oldingi xudo bilan ahdlashuvidir. Biz bu so'zni "Otamdan qolgan dalalar" asari haqidagi savol javobida qo'lladik (almisoqdan qolgan). Parishonxotir bo'lmaganlar uni darrov eslagan))