Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24334

Zakovat savoli #24334

Brahmagupta shunday deydi: "Birni(1) yozmoqchi bo'lsangiz, uni yakka bo'ladigan narsalardan biri bilan, masalan: oy yoki yer bilan ifodalang.
Ikkini (2) esa juft bo'lgan tushunchalar orqali, masalan: oq-qora so'zi bilan ifodalang". Hindlar ikki deyish uchun
"lojana", "netra" so'zlarini ishlatishadi. Bu so'zlar ikki ko'zni anglatadi. To'rt sonini ifodalash uchun "dish" so'zidan
foydalanadi, bu "to'rt tomon"ni
ifodalaydi. Besh sonini ifodalash uchun "indriya" so'zidan foydalanishadi, bu "besh sezgi"ni anglatadi.

Savol: yuqorida keltirilgan
ma'lumotlarga asoslangan holda, hindlar uch(3) sonini ifodalash uchun ishlatadigan atama qanday ma'noni anglatishini maksimal
aniqlikda yozib bering.
Javobni ko'rish

3 zamon(o'tgan, hozirgi, kelasi). Manbaa: "Hindiston" asari, Abu Rayhon Beruniy. Fan nashiryoti 1965.

Boshqa savollar