Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24173

Zakovat savoli #24173

Tarixchi professor Neudning huzuriga talabalaridan biri qog'ozda yozilgan xatni olib keldi. Talabaning aytishicha bu xat shishaning ichida bo'lgan va uni dengizdan topib olishgan. Professorni mot qilmoqchi bo'lgan talabalar bu xar qaysi kemaning kapitani tomonidan yozilganligini so'rashadi. Xatda shunday yozilgandi:
"Mening kemam juda katta va antiqa. Unda hamma narsa mavjud. Hech narsa bilan savdo qilmayman. Hech narsani boshqasiga alishmayman. Duch kelgan shamolga bo'ysunib ketaveraman. Borar manzilim qayerligini ham umuman bilmayman. Ammo anchadan beri quruqlikka chiqishga mushtoqman."
Professor Neud xotirjamlik bilan mazkur savolga javob berdi. Diqqat savol. Bu kemaning kapitani kim edi?
Javobni ko'rish

Nux alayxissalom.

Boshqa savollar