Zakovat savoli #24171
"Hayrat ul-abror" dagi maqolatlarning birida to'g'rilik haqida so'z yuritiladi. Unda aytilishicha "X to'g'ri bo'lganligi uchun so'fiylar uni yaxshi ko"rishadi. Agar u egri bo'lsa, tanbeh uchun qulog'i buraladi" deyiladi. Boshqa bir hikoyada esa X bir insonning sirini hammaga oshkor qiladi. Diqqat savol. X-?
Javobni ko'rish
Nay. Izoh. Iskandarning shohi borligi haqidagi qissada qamishdan yasalgan nay uning sirini oshkor etgandi. Nayni ovozi yaxshi chiqmasa sozlash uchun qulog'i buralarmish. Manba: "Hayrat ul-abror" dostoni