Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24155

Zakovat savoli #24155

Sevimli shoirimiz Sirojiddin Sayyidning ushbu she’ri bilan bugungi o‘yinimizni boshlaymiz: Diqqat, savolda o‘zgartirish bor.
Yarqiragan tog‘larimni
Oq tumanlar qurshab ketdi.
Ko‘kka qarab chopgan yo‘llar
Endi bari nishab ketdi.
Daraxtlarim horiganday,
Bir-birini ushlab ketdi.
Dil bog‘iga kirdi kuzak,
Kecha xazon to‘shab ketdi.
Ko‘zlarimning atroflari
Ariqlarga o‘xshab ketdi.
Til gohida ta’til so‘rar,
Tish ham ishdan bo‘shab ketdi.
Ushbu she’rda ikkita so‘z til va tish so‘zlari bilan almashtirilgan. Shu ikkala so‘zni ayting.
Javobni ko'rish

Bosh va soch

Boshqa savollar