Zakovat savoli #24045
Yer yuzidagi turli xalqlarda yigitlar erkaklar qatoriga o'tishi-erkak hisoblanishi uchun turli g'ayritabiiy sinovlardan o'tishi kerak. Avstraliyaning Qamilaroy qabilasida dastlabki sinov yigitlarning tishini qoqib olishdan iborat ekan. Qoqib olingan tish qo'ldan-qo'lga uzatilib qishloqlardan olib o'tilarkan. U yigitning mahsus sinovdan o'tayotganligini uning qarindoshlari va begonalarga shu tarzda bildirilarkan. So'ngra tish yerga ko'milarkan. Savol: Tish nima uchun yerga ko'miladi va buning ma'nosi nima?
Javobni ko'rish
Bu ramziy marosim: go'yo yigit o'lgan-u, uni dafn qilishmoqda...