Zakovat savoli #23945
Klodett Kolvin intervyularidan birida univermaglarda kiyim kiyib ko’rish imkoniyati ham bo’lmaganini ta’kidlaydi. Masalan, oyoq kiyimi xarid qilish uchun jigarrang qog’oz paketga o’z oyog’i o’lchami sxemasini chizib, do’konga yo’l olish kerak bo’lganini eslaydi. 16 yoshli qizaloq bo’lgan kezlari Klodett ma’lum bir ishni 9 oy avval bajaradi. Kimdan avval?
Javobni ko'rish
Roza Parks