Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #23843

Zakovat savoli #23843

Savolda Alfa va Betta so'zlari imlo qoidasiga ko'ra bir simvolgagina farq qiladi!
Arablar tomonidan 710-yilda Ispaniya yerlariga yurish boshlanadi va bu yurishga Tarif Ibn Malik ismli inson boshchilik qiladi. U egallagan hudud Gibraltar bo'g'ozi yonida edi va aynan o'sha yerdan kemalarda savdogarlar o'tishgan. Ibn Malik aynan o'sha yerdan o'tgan kemalar uchun ilk bora o'z solig'ini joriy qiladi. Buni Alfaning qisqacha Bettasi deyish mumkin. Diqqat savol: Alfaning Bettasini ayting
Javobni ko'rish

Tarifning ta'rifi.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar