Zakovat savoli #23819
Bir amerikancha film qahramoni bo'lgan ota bo'lajak qora tanli kuyoviga o'zini irqchi emasligini isbotlash maqsadida agar iloji bo'lsa BU ISHNI 3-marta qilishga tayyor ekanligini aytadi. Aytish mumkinki, 2012-yilda 66 millionga yaqin kishi BU ISHNI QILGAN. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilayotganini dastlabki ikki so'zi bir xil harfdan boshlanuvchi 3 so'zda yozib bering
Javobni ko'rish
Obamaga ovoz berish.