Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #23774

Zakovat savoli #23774

Say Montgomerining yozishicha, hech kim quchoqlashni sakkizoyoqlardan yaxshiroq bajara olmaydi. Bunga sakkizoyoqlarning SHUNDAYligi qaysidir ma’noda sabab bo‘la oladi. “Nemoni izlab” animatsiyasining mantiqiy davomi hisoblangan “Dorini izlab” multfilmida bosh qahramon Dori jahldor sakkizoyoqqa qarab nega sen bunchalar toshbag‘irsan, SHUNDAYlar aslida mehribon va rahmdil bo‘lishi kerak deb aytadi.
Savol: SHUNDAY o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javobni ko'rish

Uch yurakli

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar